Advokat | Sherik direktor | Professional mediator| Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
QISQACHA PROFIL
Avezov Kosim Safarovich —yuridik sohada 14 yildan ortiq tajribaga ega professional advokat, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2024-yil yanvar oyidan buyon “WIN A CASE” advokatlik firmasining sherik direktori va amaldagi advokati. U yirik iqtisodiy va korporativ nizolar, murakkab shartnomaviy ishlarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan kuchli mutaxassis. Professional mediator sifatida nizolarni sudgacha hal qilish bosqichida muzokaralar orqali tez, tinch va ikki tomon manfaatlarini inobatga olgan holda hal qilishga yordam beradi.
TA’LIM:
Avezov Kosim Safarovich yuridik ta’limni Toshkent davlat yuridik institutida olgan: 2008-yil — bakalavr, 2010-yil — magistratura. 2019 yilda ilmiy faoliyat natijasida yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga erishgan. Professional faoliyatni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimida boshlagan, keyinchalik Toshkent davlat yuridik universitetida ilmiy va pedagogik tajriba orttirilgan.
Avezov Kosim Safarovich o‘zining amaliy yuridik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy-pedagogik faoliyat bilan ham shug‘ullanib kelmoqda. U 2011–2026 yillar davomida Toshkent davlat yuridik universitetida “Iqtisodiy huquq” fanidan dars berib, bo‘lajak huquqshunos mutaxassislarni tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda hamda o‘zining boy amaliy tajribasini talabalarga yetkazib kelmoqda.
ASOSIY ISH TAJRIBASI:
- Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi — sudya (2018–2020)
- Toshkent viloyat sudi — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudya (2021–2022)
- “UMS” MChJ — sud ishlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlar bo‘limi rahbari
- “SAQMUK LAW FIRM” — direktor
- 2024-yildan — advokatlik firmasi sherik direktori va advokati
PROFESSIONAL NATIJALAR
Sudyalik faoliyati davomida Avezov Kosim Safarovich iqtisodiy sudlarda 15 000 dan ortiq ishlarni ko‘rib chiqqan bo‘lib, ular orasida yirik korporativ nizolar, murakkab shartnomaviy tortishuvlar, bank va moliyaviy majburiyatlarga oid ishlar ham mavjud. Ushbu tajriba unga sud amaliyotining barcha bosqichlari, shuningdek quyi va yuqori instansiya sudlarida iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqish jarayonining ichki mexanizmlarini chuqur bilish imkonini bergan.
Advokatlik faoliyatining so‘nggi 4 yili davomida esa 500 dan ortiq ishlar muvaffaqiyatli yakunlangan, mijozlar manfaatlari sudlarda hamda sudgacha muzokaralar orqali samarali himoya qilingan. Ushbu natijalar uning kuchli huquqiy strategiya ishlab chiqish, murakkab iqtisodiy nizolarni hal qilish va real natijaga erishish borasidagi professional salohiyatini tasdiqlaydi
ASOSIY IXTISOSLIK YO‘NALISHLARI
⚖️ Iqtisodiy nizolar
Yirik summali qarzdorliklarni undirish, tadbirkorlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi murakkab moliyaviy nizolarni sud orqali va sudgacha bosqichda samarali hal qilish.
📑 Shartnomaviy nizolar
Pudrat, mahsulot yetkazib berish, lizing, ijara va xizmat ko‘rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarni kompleks huquqiy tahlil qilish va himoya.
🏢 Korporativ nizolar
Ta’sischilar o‘rtasidagi nizolar, ulushlarni taqsimlash, dividendlarni undirish, umumiy yig‘ilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish.
🏦 Bank va moliyaviy nizolar
Kredit shartnomalari, garov majburiyatlari, foizlar va peniyalar bo‘yicha kelib chiqadigan bank tortishuvlarida professional himoya.
💼 Yirik investitsiyaviy bitimlar
Yirik loyihalar va ko‘p millionli bitimlarni huquqiy jihatdan to‘liq tahlil qilish, xavf-xatarlarni minimallashtirish va manfaatlarni ishonchli himoya qilish.
🏠 Ko‘chmas mulk va yer nizolari
Uy-joy, tijorat obyektlari va yer uchastkalari bo‘yicha mulk huquqi, egalik va foydalanish bilan bog‘liq tortishuvlarni hal etish.
⚔️ Apellyatsiya va kassatsiya ishlari
Birinchi instansiya sud qarorlarini professional tahlil qilish, asosli shikoyatlar tayyorlash va yuqori sud instansiyalarida himoya.
🔨 Sud qarorlarini real ijroga qaratish
Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan real undiruvni ta’minlash, ijrochilar bilan tizimli ish olib borish, mol-mulkni qidirish va musodara jarayonini nazorat qilish.
🤝 Professional mediator (sudgacha kelishuv va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish)
Sud jarayoniga yetib bormasdan nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish, tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish, moliyaviy va vaqt yo‘qotishlarining oldini olish. Biznes nizolari, shartnomaviy tortishuvlar, korporativ kelishmovchiliklar va mulk masalalarida betaraf, professional va natijaga yo‘naltirilgan vositachilik xizmati.
Avezov Kosim Safarovich o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal biladi. Bugungi kunda u nafaqat advokat, balki biznes uchun ishonchli huquqiy hamkor sifatida yuzlab mijozlarning ishonchini qozongan.
Agar sizga sudda yuritiladigan oddiy ish emas, balki aniq natija, kuchli strategiya va ishonchli himoya kerak bo‘lsa — Avezov Kosim Safarovich sizning to‘g‘ri tanlovingizdir.